Bepul sinov darslaridan qanday to'g'ri foydalanish kerak
Ko'pchilik sinov darsiga passiv keladi: o'tiradi, tinglaydi, ketadi. Bu imkoniyatni behuda sarflash. Sinov darsi — sizning tekshiruv vositangiz.
Nimaga qarash kerak
1. Ustoz qanday tushuntiradi
Yaxshi ustozning belgisi — murakkab narsani sodda aytishi. Agar siz hech narsa tushunmasangiz va atrofdagilar ham boshini qimirlatib o'tirsa, bu yomon belgi.
Ikkinchi belgi: savol berilganda u qanday javob beradi? Sabr bilanmi yoki bezovtami?
2. Guruh qanday ishlaydi
Odamlar savol berayaptimi? Kompyuterlar oldida amaliy ish qilinayaptimi yoki faqat tinglashyaptimi? Nechta odam bor?
3. Jihozlar
Har kimda alohida kompyuter bormi? Ular ishlayaptimi yoki sekinmi? Internet bormi?
4. O'zingizning holatingiz
Eng muhim savol: bu dars menga qiziq bo'ldimi? Agar bir soat davomida soatga qarab o'tirgan bo'lsangiz, keyingi 6 oy og'ir bo'ladi.
Qanday savollar berish kerak
Sinov darsidan keyin so'rang:
- To'liq dastur qanday? Qaysi mavzu nechanchi darsda?
- Kurs oxirida qo'limda nima bo'ladi?
- Uy vazifasi beriladimi va u tekshiriladimi?
- Bir darsni o'tkazib yuborsam nima bo'ladi?
- Guruhda nechta o'quvchi bo'ladi?
Aniq javoblar — yaxshi belgi. Noaniq javoblar ham javob.
Bitta dars yetarli emas
Birinchi dars odatda tanishuv bo'ladi va u haqiqiy jarayonni ko'rsatmaydi. Iloji bo'lsa 2-3 darsga boring — shundagina real sur'at va uslubni ko'rasiz.
Nima qilmaslik kerak
Darsdan keyin darrov shartnoma imzolashga shoshilmang. Bir kun o'ylang. Yaxshi markaz bunga xalaqit bermaydi — shoshiltirish o'zi belgi.
Xulosa
Bepul darslar — marketing emas, ikki tomonlama tekshiruv. Siz markazni tekshirasiz, markaz sizni. Bu imkoniyatni to'liq ishlating: savol bering, amaliy ish qiling, guruhni kuzating.


