Termiz shahrida
"Daromadli Dasturlash Kurslari"

4 - oydan boshlab daromadga chiqamiz

Kurs kimlar uchun

01
Talabalar
"Talabalik davridanoq yaxshi daromad qilaman" deb maqsad qo'ygan, "moliyaviy erkinlikga erishaman" yoki "o'z kontraktimni o'zim to'layman" deb reja qilganlar uchun.
02
O'quvchilar
"Kelajagimni IT va dasturlash bilan bog'layman", "frilanser dasturchi bo'laman", "Ota-onamga ro'zg'or qilishga yordam beraman" degan 8-11 sinf o'quvchilari uchun.
03
Bitiruvchilar
"Maktabni tugatdim, 4 yil umrumni 1 parcha qog'oz uchun sarflab o'tirmasdan kasb o'rganman", "Pul topish uchun Rossiyaga borishni istamayman", "Uydan turib ishlashni hohlayman" deb maqsad qilganlar uchun.
04
Zerikkanlar & charchaganlar
"Byurokratiya hamda faoliyatimga taaluqli bo'lmagan topshiriqlardan", "asossiz vazifa beradigan va tili va xulqi chatoq raxbalardan" charchaganlar hamda "Har kunlik qilayotgan ishidan zerikdim va o'sishdan to'xtab qoldim" deganlar uchun.
05
Qo'shimcha
daromad istaganlar
"Ish faoliyatim kompyuter bilan bog'liq, lekin maoshim yetmayapdi va qo'shimcha daromad qilishni maqsad qilganman", "Ofisda dasturchi bo'lib ishlayman, bo'sh vaqtimga qo'shimcha loyihalar bo'lsa yomon bo'lmasdi" deganlar uchun.
06
Qiziqqanlar
"Anchadan buyon IT, Dasturlash kabi so'zlarni eshitib yuribman", "YouTube da ba'zi videolarni ko'dim, lekin tushunmadim", "Dasturlashga juda qiziqimanda, lekin eplarmikanman?", "O'zimni dasturlashda sinab ko'rishim kerak" deganlar uchun.

Biznig maqsadimiz

01
Dasturlashga qiziqishi baland bo'lgan va o'rganishni maqsad qilgan vatandoshlarimizga sifatli ta'lim berish.
02
Ularga 0 dan boshlab dasturlash hamda frilanserlik sirlarini o'rgatish orqali professionallarni tayyorlash.
03
Bizning hamkorlik loyihalarimiz yoki o'zlarining mustaqil frilanserlikdan olgan loyihalari orqali daromadlarini oshirish.
2018 - yildan buyon Dasturlash
va Frilansing olamidamiz
  • Real loyihalar soni: 1000+
  • 100+ insonga Frilanserlik yoki Dasturchilik karyerasini boshlashga ko'maklashganmiz
  • Bitiruvchilar soni: 500+
  • Faoliyat yuritadigan frilans platformalar soni: 5

Sizni kursda nimalar kutmoqda?

100+
Sifatli darslar
Har biri aniq va tushunarli qilib ishlab chiqilgan, o‘zlashtirish oson bo‘lgan professional 100 dan ortiq vdeodarslar.
10+
Real loyihalar &
kuchli portfolio
Kurs davomida 10 dan ortiq qilgan loyihalaringizni jamlab, ishga joylashish yoki freelancingda buyurtma olish uchun kuchli portfolio yaratasiz
2+
Mentorlar yordami
Savollaringizga javob beradigan, yo‘l ko‘rsatadigan va amalda yordam beradigan 2 tajribali ustozlar.
1
Noutbuk beriladi
Darslarni boshlash uchun shaxsiy kompyuter bo‘lishi shart emas, kurs davomida sizga 1 dona noutbuk beriladi.
200$+
Tez daromad
Yaxshi o‘zlashtirgan talabalar kursning 4-oyidan boshlab real zakazlar olib, o'rtacha 200$ dan boshlab daromad ko‘ra boshlashadi.
3+
Bitiruv sertifikatlari
Kursning har ikki modulini muvaffaqiyatli yakunlagan har bir talabala rasmiy sertifikatlar bilan taqdirlanadi.

Kurs modullari

FrontEnd dasturlash

Dasturchilikka ilk qadam aynan FrontEnd’dan boshlanadi. Bu modul davomida siz HTML5, CSS3 va SCSS yordamida sahifalarning tuzilishi va dizaynini yaratishni o‘rganasiz. Bootstrap5 va Tailwind kabi framework’lar orqali murakkab dizaynlarni ham tez va qulay qilib yig‘ib chiqasiz. Shuningdek, JavaScript va jQuery orqali saytlarni jonlantirish, interaktiv tugmalar, formalar va turli animatsiyalar qo‘shish jarayonlarini amaliyotda sinab ko‘rasiz.

Darslarda biz nafaqat kod yozishni, balki dizayn bilan ishlashni ham o‘rgatamiz. Figma va Photoshop dasturlaridan tayyorlangan UI/UX dizaynlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kodingizga aylantirib, haqiqiy loyihalar ustida ishlashni mashq qilasiz. Shuningdek, VS Code, Sublime Text kabi muharrirlar bilan samarali ishlashni, GitHub orqali kodlaringizni saqlash va ulashishni ham o‘zlashtirasiz.

O'rgatiladigan texnologiyalar
  • HTML5
  • CSS3
  • SCSS
  • Bootstrap5
  • Tailwind
  • Javascript
  • JQuery
O'rgatiladigan dasturlar
  • Notepad++
  • Sublime text
  • VsCode
  • Photoshop
  • Figma
  • Github
  • Netlify App
  • Lightshot
Natija

FrontEnd modulini tugatgach, siz istalgan murakkablikdagi dizaynni mustaqil tarzda kodlab chiqishingiz, uni mobil qurilmalarga moslashuvchan (responsive) holatda tayyorlashingiz va zamonaviy animatsiyalar bilan boyitishingiz mumkin bo‘ladi.

JavaScript yordamida turli xil funksionalliklar qo‘shib, foydalanuvchilar uchun qulay va jonli interfeyslar yaratishni puxta o‘rganib olasiz.

Freelancing asoslari

Freelancing — bu faqat qo‘shimcha daromad emas, balki dunyo bo‘ylab erkin ishlash imkoniyatini beradigan hayot tarzi. Bu modulda siz eng mashhur freelancing platformalari — Upwork, Kwork, Work-Zilla, FL.ru kabi maydonlarda qanday ishlashni bosqichma-bosqich o‘rganasiz. Profil ochish, portfolio yaratish, xizmatlaringizni to‘g‘ri taqdim etish va birinchi buyurtmani qo‘lga kiritish jarayonlari amaliy misollar orqali ko‘rib chiqiladi.

Shuningdek, mijoz bilan yozishmalar olib borish, brif olish, to‘g‘ri narx belgilash va samarali kelishuvga erishish sirlarini ham chuqur o‘rgatamiz. Siz loyihalarni qanday qilib professional tarzda taqdim etish, o‘z qiymatingizni ko‘rsatish va mijozlar ishonchini qozonishni bilib olasiz. Bundan tashqari, to‘lov tizimlari, xavfsiz ishlash, deadline va vaqtni boshqarish bo‘yicha ham amaliy ko‘nikmalar beriladi.

O'rgatiladigan birjalar
  • kwork.ru
  • work-zilla.com
  • fl.ru
  • upwork.com
  • weblancer.net
O'rgatiladigan dasturlar
  • Photoshop
  • ChatGpt
  • Netlify App
Natija

Freelancing modulini yakunlagach, siz portfolio va profil bilan mustaqil ishlay oladigan, mijozlar bilan ishonchli muloqot qiladigan va real buyurtmalarni qabul qilib bajaradigan darajaga yetasiz.

Talabalik yoki asosiy ishingizdan qat’i nazar, qo‘shimcha daromad topa boshlash imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Backend dasturlash

Saytning tashqi ko‘rinishi qanchalik chiroyli bo‘lmasin, uning “ichki qismi” ishlamasa foydasiz. Shu sababli kursimizning muhim qismi — Backend dasturlash. Bu modulda siz PHP dasturlash tilini mukammal o‘rganasiz: oddiy sintaksisdan boshlab, OOP (obyektga yo‘naltirilgan dasturlash) prinsiplari va real amaliyotga tatbiq etishni o‘rganamiz.

Shuningdek, MySQL ma’lumotlar bazasi bilan ishlash, jadval yaratish, murakkab so‘rovlar yozish va ma’lumotlarni boshqarishni chuqur o‘rganasiz. Kurs davomida siz REST API bilan ishlashni ham o‘zlashtirasiz — ya’ni sayt va dasturlar o‘rtasida ma’lumot almashishni amalda ko‘rib chiqasiz.

Biz sizni WordPress bilan ham tanishtiramiz: temalar, plaginlar va “custom” imkoniyatlar yaratishni o‘rgatamiz. Shu bilan birga framework’lardan Yii2 asoslarini ham o‘rgatib, sizni katta loyihalar ustida ishlashga tayyorlaymiz.

O'rgatiladigan texnologiyalar
  • PHP Nazariya
  • PHP amaliyot
  • PHP OOP
  • Yii2 Framework
  • MYSQL
  • MVC
  • CRUD
  • REST API
  • WordPress
O'rgatiladigan dasturlar
  • Openserver
  • PhpStorm
  • Phpyadmin
  • Hosting
  • Terminal
  • Composer
Natija

Backend modulini tugatgach, siz to‘liq ishlaydigan sayt va web-applikatsiyalarni mustaqil yaratish darajasiga yetasiz:

  1. Foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tishi
  2. Tizimga kirishi
  3. Ma’lumotlar bazasi bilan ishlash
  4. Admin panel yaratish

Kabi barcha funksiyalarni o‘zingiz qilishingiz mumkin bo‘ladi.

Natijada siz FrontEnd va Backend bilimlarini birlashtirib, to‘liq FullStack dasturchi sifatida ishlashga tayyor bo‘lasiz.

Kafolat va chegirmalar

Kafolat

100% lik Kafolat *

Darslarni o'rganish vaqtida berilayotgan bilimlar yoki darslar sizni qanoatlantirmasa, o'tilmay qolgan darslarning to'lovi 100% qaytariladi!


Kursni to'liq yakunlagandan keyin 1 yil ichida kurs uchun sarflagan pulingizdan 2 barobar ko'p daromad qilmasangiz - sarflangan xarajatlar 100% qaytarib beriladi!

Yaxshi natija uchun grant

Har oyning oxirida, sizga o'rgangan mavzularingiz bo'yicha test va savollar orqali bilimingiz sinovdan o'tkazib boriladi. Oylik to'plagan bilim natijangizdan kelib chiqib:

  • 100% natijaga - 100% grant(keyingi oy uchun to'lov qilmaysiz)
  • 86% - 99% natijaga - 50% grant(Oylik to'lovning yarimini qilasiz)
  • 71%-85% natijaga - 25% grant(Oylik to'lovning 4/3 qismini qilasiz)
Agar natijangiz 60% dan kam bo'ladigan bo'lsa, qayta tayyorlanishga imkon beriladi. 2-urunushdan ham yana 60% dan kam to'playdigan bo'lsangiz siz 1 - oyning darslarini qaytadan o'zlashtirishga majbur bo'lasiz!
Qizlar va ayollar uchun doimiy chegirma

"O‘g‘il bolaning o‘qitilishi — bir kishiga, qiz bolaning o‘qitilishi esa butun jamiyatga ta’lim berish bilan teng" - gapi ostida juda kuchli ma'no bor. Jamiyatimizda qizlarga bo'lgan munosabatni inobatga olgan holda, ularga doimiy 40% chegirma mavjud.

Grant dasturlari qizlar uchun ham amal qiladi!
Talabalar uchun
50% qarz imkoniyati

Talabalar - bo'lajak professionallardir. Abiturientlikning mashaqqatini boshidan o'tkazib qiyinchliklar bilan talabalikka erishish oson ish emas. Ayniqsa kontrak to'lov asosida o'qishga kirgan talabalarning yangi kurslarga borishga imkoniyati cheklanib qoladi. Shunday talabalarni qo'llab-quvvatlash uchun 50% qarz imkoniyatini beramiz.

Buning uchun 1-oy darslarini va to'lovlarini to'liq bajarishingiz shart bo'ladi. Oy davomida o'zlashtirishingiz hamda oylik imtixon natijalaringizdan kelib chiqib sizga qarz imkoniyati berilishi mumkin.
Har oylik qarzingiz jamlanib boradi va kurs yakunida, sizga qancha qarzingiz qolganini menedjerlardan bilib olasiz. Qarzni uzish esa - WebForte Lab jamoasi tomonidan berilgan pullik loyihalar orqali amalga oshiriladi.

To'lov turlari

Oylik
Ta'lim shakli: Offline/Individuval
  • Birinchi 3 sinov darslari bepul
  • 100+ sifatli videodarslar
  • Har bir dars uchun uyga vazifalar
  • Kurs davomida 1 ta noutbuk
  • Professional ustoz-mentor
  • Kurs tamomlaganligi haqida sertifikat

Undan tashqari

  • Har haftalik futbol musobaqalari
  • Dasturlash bo'yicha har oylik tanlovlar
  • Tarixiy obida va tabiat manzarlariga sayohatlar
Sinov darslaridan so'ngina ustozlar, darslar, kompyuter va boshqa sharoitlar maqul kelsagina - to'lovni amalga oshirasiz. Agar nimadur sabab bo'lib darsni davom ettirish istagi bo'lmasa - hech qanday hafagarchilik bo'lmayd. Biz sinov darslari uchun sarflagan vaqtimizga rozimiz!
Yillik(20% chegirma)
Ta'lim shakli: Offline/Individuval
  • Birinchi 3 sinov darslari bepul
  • 100+ sifatli videodarslar
  • Har bir dars uchun uyga vazifalar
  • Kurs davomida 1 ta noutbuk
  • Professional 2 ustoz-mentorlar
  • Kurs tamomlaganligi haqida 3 ta sertifikat

Undan tashqari

  • Har haftalik futbol musobaqalari
  • Dasturlash bo'yicha har oylik tanlovlar
  • Tarixiy obida va tabiat manzarlariga sayohatlar
Sinov darslaridan so'ngina ustozlar, darslar, kompyuter va boshqa sharoitlar maqul kelsagina - to'lovni amalga oshirasiz. Agar nimadur sabab bo'lib darsni davom ettirish istagi bo'lmasa - hech qanday hafagarchilik bo'lmayd. Biz sinov darslari uchun sarflagan vaqtimizga rozimiz!

Bitiruvchilar fikrlari

Boshlash uchun nima talab etiladi?

Shunchaki sinov darslariga yozilish!

  • To'lovni faqatgina 3-sinov darsidan keyingina qilishingiz kerak bo'ladi - Odatada bu darslarni ko'rib chiqish uchun o'rtacha 3-5 kun vaqt ketadi.
  • Sinov darslari davomida nimadur sizni qoniqtirmasa, o'qish istagi paydo bo'lmasa - hech qisi yo'q, biz sarflagan vaqtimizga rozimiz.
  • Har oylik grant(chegirma)lar - imtixon natijalaringa qarab 100% gacha chegirmalar. Savollar faqatgina o'tilgan mavzulardan - eng dolzarb mavzular asosida tuzilgan.
  • Talabalar uchun qarz imkoniyati - Agar talaba bo'lsangiz, o'zingizga va bilimingizga ishonsangiz, biz sizga imkoniyat berishga tayyormiz.
  • Qizlarimiz uchun doimiy 40% chegirma - Bizning nazarimizda dasturlash va frilansing bizning opa-singillarimizga va milliy qadriyatlarimizga juda ham mos kasblardan, chunki uydan chiqmasdan turib mijozingizni hattoki yuzini ko'rmasdan daromad qilish imkoniyati mavjud. Biz opa-singillarimizni qo'llab-quvvatlashga tayyormiz.
  • 100% pulni qaytarish kafolati - Darslarni o'rganish vaqtida berilayotgan bilimlar yoki darslar sizni qanoatlantirmasa, o'tilmay qolgan darslarning to'lovi 100% qaytariladi!
  • 100% natija kafolati - Kursni to'liq yakunlagandan keyin 1 yil ichida kurs uchun sarflagan pulingizdan 2 barobar ko'p daromad qilmasangiz - sarflangan xarajatlar 100% qaytarib beriladi!

Savollaringiz
qoldimi?